Oʻzbekistonda havo sifati yomonlashganda koʻriladigan choralar rejasi tayyorlandi
Oʻzbekistonda havo sifati yomonlashgan taqdirda koʻriladigan choralar loyihasi muhokamaga qoʻyildi: unda transport, qurilish ishlari va davlat tashkilotlari faoliyatiga cheklovlar joriy etish imkoniyati nazarda tutilgan.

Oʻzbekiston Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi yuk mashinalari harakatini vaqtincha cheklashni, zarurat tugʻilganda esa yengil avtomobillar harakatini ham cheklashni taklif qildi. Avtomobillar uchun davlat raqamining oxirgi raqamiga qarab juft va toq sanalar tamoyilidan foydalanish mumkin. Elektromobillar va maxsus transport vositalarini cheklovlardan ozod qilish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, shaharlarda ayrim qurilish ishlarini toʻxtatib turish, koʻchalar va yashil hududlarni sugʻorishni kuchaytirish hamda favvoralar ishlashini taʼminlash mumkin. Noqulay ob-havo sharoitida energetika korxonalariga mazutdan foydalanishni taqiqlash taklif etilmoqda, avariya va favqulodda vaziyatlar bundan mustasno.
Boshqa choralar qatorida koʻchada boʻlishni cheklash boʻyicha tavsiyalar berish, ochiq havodagi mashgʻulotlarni bekor qilish va ommaviy tadbirlarni cheklash ham bor. Zarurat tugʻilganda davlat tashkilotlari xodimlarini masofadan ishlashga oʻtkazishi mumkin. Loyiha muhokamasi 12 dekabrgacha davom etadi.



