Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Texnologiyalar

«Voyajer-1» Yerga tegishli qurilmalar orasida birinchi boʻlib bir yorugʻlik kuni masofasiga yetdi

NASA hisob-kitoblariga koʻra, 18 noyabr kuni «Voyajer-1» Yerdan qariyb 25,9 mlrd kilometr uzoqlashdi — bu masofani radio signali 24 soatda bosib oʻtadi.

18-noyabr, 15:23По-русски

Read in English

habr.com

Qurilma bu marraga Toshkent vaqti bilan soat 15:16 da yetdi. Insoniyat yaratgan boshqa hech bir obyekt ilgari Yerdan bunchalik uzoqlashmagan. Taqqoslash uchun, Quyoshdan sayyoramizgacha yorugʻlik taxminan sakkiz daqiqa-yu 20 soniyada yetib keladi.

Bunday masofa aloqa kechikishini ham belgilaydi. Yerdan yuborilgan buyruq zondga taxminan bir kunda yetib boradi, javob signali uchun ham shuncha vaqt kerak boʻladi. Shu bois muhandislar yuborilgan koʻrsatma natijasini taxminan ikki kundan keyin bilib oladi.

«Voyajer-1» 1977 yilda uchirilgan. Oradan qariyb yarim asr oʻtgan boʻlsa-da, u radioaloqa kanali orqali maʼlumot uzatib, ilmiy tadqiqotlarini davom ettirmoqda. Qurilmaning kameralari 1990 yilda soʻnggi suratlar turkumi olinganidan keyin oʻchirib qoʻyilgan. Ular orasida Yerning mashhur «Xira moviy nuqta» surati ham bor edi.

Dasturning ikkinchi apparati — «Voyajer-2» uchirilganidan keyin boshqa trayektoriya boʻylab yoʻl oldi va Uran hamda Neptunni tadqiq qildi. NASA bahosiga koʻra, u Yerdan bir yorugʻlik kuni masofasiga 2035 yil noyabrida yetadi.