Juma, 6-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Yangiliklar

Toshkentda yer qazish ishlari uchun ruxsat olishning onlayn tizimi ishga tushdi

Toshkentda order.tashkent.uz tizimi ishga tushdi. U orqali jismoniy va yuridik shaxslar yer qazish ishlari, kommunikatsiyalar yotqizish hamda yoʻllarni vaqtincha yopish uchun ariza berishlari mumkin.

6-noyabr, 11:04По-русски

Toshkent shahar Yoʻl harakatini tashkil etish markazi ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun elektron tizim ishga tushirilganini maʼlum qildi. Tizim hududlarni vaqtincha yopish boʻyicha arizalarni ham qabul qiladi.

Markaz maʼlumotlariga koʻra, servis ishlarni oldindan rejalashtirish, ularni tegishli tashkilotlar bilan muvofiqlashtirish va xavfsiz tarzda amalga oshirishga yordam berishi kutilmoqda. Markazda taʼkidlanishicha, tartibsiz qazish ishlari tirbandliklarga olib kelishi, piyodalar uchun noqulaylik tugʻdirishi, yer osti kommunikatsiyalariga zarar yetkazishi va kommunal xizmatlar faoliyatida uzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Yer qazish va taʼmirlash ishlarini olib borish, shuningdek, umumiy foydalanishdagi hududlardagi obyektlarni ruxsatsiz oʻzgartirish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Yana oʻqing