1980-yilgi Formula-1 chempioni Alan Jons vafot etdi
1980-yilgi Formula-1 jahon chempioni Alan Jons qisqa davom etgan kasallikdan soʻng 80 yoshida vafot etdi.
5-noyabr, 16:19По-русски

Jons 1980-yilda Williams jamoasi safida qatnashib, chempionlikni qoʻlga kiritgan. Bu jamoa uchun ilk chempionlik tituli edi.
Jek Brebhem ortidan u Formula-1da chempionlikni qoʻlga kiritgan ikkinchi avstraliyalik boʻldi va hanuzgacha mamlakatining bunday natijaga erishgan soʻnggi vakili boʻlib qolmoqda. Sportchi faoliyati davomida Gran-prida 12 ta gʻalabaga erishdi va 24 marta podiumga koʻtarildi.
Jons Formula-1da 1975-yilda debyut qilgan. Bundan tashqari, u milliy seriyalarda, jumladan, chidamlilik poygalarida ham qatnashgan.



