Oʻzbekistonda ommaviy tadbirlarda xavfsizlikni nazorat qilish uchun dronlardan foydalanish taklif etildi
Qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Dronlardan olomonni kuzatish va xavflarni aniqlash uchun ichki ishlar organlari hamda Milliy gvardiya xodimlari foydalanishi rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekistonda ommaviy tadbirlarda xavfsizlikni taʼminlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini jalb etish taklif qilindi. Qaror loyihasida ulardan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari foydalanishi nazarda tutilgan.
Dronlar odamlar harakatini uzluksiz kuzatishi, tadbir ishtirokchilarini hisoblashga koʻmaklashishi va odamlar oqimini xavfsiz taqsimlashga yordam berishi kerak. Shuningdek, ular yordamida fuqarolar ommaviy toʻplanganida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarni aniqlash va ehtimoliy tahdidlar haqida tezkor xabar berish rejalashtirilmoqda.
Yana oʻqing

Oʻzbekiston va Belarus DNK diagnostikasi hamda tibbiy genetikani rivojlantirishni rejalashtirmoqda
Yangiliklar12:34
Oʻzbekistonda tarixda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta terildi
Yangiliklar12:17
