Oʻzbekiston va Belarus DNK diagnostikasi hamda tibbiy genetikani rivojlantirishni rejalashtirmoqda
Samarqand tibbiyot universiteti delegatsiyasi Minskdagi Belarus Milliy fanlar akademiyasi institutida boʻldi. Tomonlar ilm-fan, taʼlim va DNK diagnostikasi sohalarida hamkorlik loyihasini tayyorladi.

Samarqandlik mutaxassislar Minskda Belarus Milliy fanlar akademiyasining Genetika va sitologiya instituti ilmiy hamda amaliy faoliyati bilan tanishdi. Ularga, shuningdek, ikkita respublika markazi — genom biotexnologiyalari hamda mikrobiomni oʻrganish markazlarining imkoniyatlari namoyish etildi.
Belaruslik hamkasblar genom texnologiyalari, shaxsiylashtirilgan tibbiyot va molekulyar-genetik tahlil uchun moʻljallangan uskunalar hamda ishlanmalarni taqdim etdi.
Kelishilgan loyiha qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, tibbiyot kadrlarini tayyorlash va mutaxassislarning malakasini oshirishni nazarda tutadi. Hamkorlik yoʻnalishlaridan biri stajirovkalar boʻladi.
Hamkorlar DNK diagnostikasini sogʻliqni saqlash amaliyotiga joriy etishni alohida taʼkidladi. Kutilishicha, erishilgan kelishuvlar Oʻzbekiston va Belarusning tibbiy genetika sohasidagi ilmiy hamda taʼlim aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yana oʻqing

Oʻzbekistonda tarixda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta terildi
Yangiliklar12:17
Oʻzbekistonda ommaviy tadbirlarda xavfsizlikni nazorat qilish uchun dronlardan foydalanish taklif etildi
Yangiliklar12:08
