Payshanba, 5-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

Samarkand Marathon MDHda ilk bor World Athletics Elite Label maqomini oldi

Samarkand Marathon MDH davlatlari orasida World Athletics Elite Label maqomiga ega boʻlgan ilk xalqaro xayriya yugurishi boʻldi. Professional qatnashchilar natijalari jahon reytingiga kiritiladi.

5-noyabr, 14:56По-русски
Unsplash — Miguel A Amutio

Maqom berilgani haqida tashkilotchi — Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (ACDF) matbuot xizmati maʼlum qildi. Elite Label maqomi World Athleticsning oʻtkazish, xavfsizlik va antidoping nazorati boʻyicha talablariga javob beradigan shosse yugurishlariga beriladi.

Samarkand Marathon boshlangʻich Label bosqichini chetlab oʻtib, darhol Elite darajasidan boshlandi. World Athletics Label Road Races turkumida Gold va Platinum toifalari ham mavjud.

Maqom yetakchi yengil atletikachilarni taklif etish, xalqaro taqvimni kengaytirish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun sharoit yaratadi. Shuningdek, u Oʻzbekistonni sport turizmi yoʻnalishi sifatida targʻib qilishga yordam berishi kerak.

8 noyabr kuni yugurishni toʻrt karra Olimpiya chempioni ser Mo Farah ochib beradi. Britaniyalik sportchi jahon chempionatida olti marta, Yevropa chempionatida esa toʻqqiz marta gʻolib boʻlgan. Farahning asosiy yutuqlari 5000 va 10 000 metr masofalarga toʻgʻri keladi.

Yana oʻqing