MIPTning Taras Shevchenko koʻchasidagi binosi 287 mlrd soʻmga sotildi
Mirobod tumanidagi MIPT binosi auksionda Shakhrisabz Agroportga 287,14 mlrd soʻmga berildi. Gʻolib bilan shartnoma hali tuzilmagan.

Auksion 4 noyabr kuni 80 ta taklif berilgach yakunlandi. Yakuniy narx boshlangʻich narxdan 80 foizga yuqori boʻldi, biroq bitim hali rasmiylashtirilmagan: tomonlar shartnoma imzolashi kerak.
Lotni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi savdoga chiqardi. Maʼmuriy bino Toshkent shahrida, Taras Shevchenko va Fidokor koʻchalari kesishmasida joylashgan. Hozir u yerda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, shuningdek, bir nechta xalqaro tashkilotlar faoliyat yuritadi.
Obyektning maydoni 6502 kvadrat metrni tashkil etadi. Bino suv taʼminoti, kanalizatsiya, gaz va elektr tarmoqlariga ulangan.
Binodan savdo, koʻngilochar, gastronomik yoki turistik maqsadlarda foydalanishga ruxsat berilgan. Bunda yangi mulkdor shaharsozlik meʼyorlariga rioya qilishi shart.
YEGREPO maʼlumotlariga koʻra, Shakhrisabz Agroport qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi va Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida roʻyxatdan oʻtgan. Kompaniya rahbari va yagona taʼsischisi Jasur Dostonovich Karimov hisoblanadi.
Yana oʻqing

Oʻzbekiston va Belarus DNK diagnostikasi hamda tibbiy genetikani rivojlantirishni rejalashtirmoqda
Yangiliklar12:34
Oʻzbekistonda tarixda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta terildi
Yangiliklar12:17
