BMW yangi avlod benzinli 3 Series modelini ishlab chiqarishni boshladi
BMW yangi avlod benzinli 3 Series modelini seriyali ishlab chiqarishni boshladi. Modelni ishlab chiqarish kompaniyaning Dingolfingdagi zavodida yoʻlga qoʻyilgan. Bu yerda 5 Series va 7 Series modellari ham yigʻiladi.

3 Series modelini ishlab chiqarish 20 yildan koʻproq vaqt oʻtib ushbu korxonaga qaytdi. BMWʼning Myunxendagi zavodi elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Elektr dvigatelli i3 ichki yonuv dvigatelini oʻrnatishni nazarda tutmaydigan alohida platforma asosida yaratilgan. Yangi 3 Series esa avvalgi avlod shassisining rivojlantirilgan variantidan foydalanadi. Shu sababli modellarning platformalari va belgilari turlicha: i3’da NA0, 3 Seriesʼda esa G50.
BMW yangi 3 Series bazasida qayta zaryadlanuvchi gibrid avtomobilni ham tayyorlamoqda. Unga 330e belgisi berilishi kutilmoqda.

