Oʻzbekiston futzal terma jamoasi Tojikiston bilan durang oʻynadi
Oʻzbekiston Tojikiston bilan ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvida final hushtagi chalinishiga ikki soniya qolganida hisobni tenglashtirdi. 10 noyabr kuni boʻlib oʻtgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuv 10 noyabr kuni Toshkentdagi «Yunusobod» sport majmuasida boʻlib oʻtdi. Birinchi boʻlimda jamoalar gol ura olmadi, tanaffusdan keyin esa Tojikiston hisobni ochdi.
36-daqiqada Tojikiston terma jamoasi sardori Dilshod Salomov gol urdi. Jamoa uchrashuv yakuniga qadar deyarli ustunlikni saqlab qoldi.
Uchrashuv oxirida Oʻzbekiston terma jamoasi darvozabonini qoʻshimcha maydon oʻyinchisiga almashtirdi. Standart vaziyat ijro etilganidan soʻng Davron Choriev toʻpni raqib darvozasiga yoʻllab, final hushtagi chalinishiga ikki soniya qolganida hisobni tenglashtirdi.
Oʻyin FIFA xalqaro tanaffusi doirasidagi jamoalarning ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvi boʻldi. 8 noyabr kuni oʻtkazilgan birinchi bahsda Oʻzbekiston bosh murabbiy Bahodir Ahmedov boshchiligida 3:0 hisobida gʻalaba qozongan.
Ahmedov avvalroq Oʻzbekiston futzal terma jamoasini boshqargan. Jamoa oldiga Osiyo kubogida gʻalaba qozonish va jahon chempionatiga yoʻllanma olish vazifalari qoʻyilgan.



