Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Soliq maʼmuriyatchiligini soddalashtirish tashabbuslari uchun ochiq platforma

Soliq qoʻmitasi fuqarolar va biznesning soliq maʼmuriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha takliflarini yigʻish uchun Telegram-botni ishga tushirdi.

17-noyabr, 14:56По-русски

Read in English

Primakov / shutterstock.com

Soliq qoʻmitasi «Soliq boʻyicha takliflar» Telegram-botini — @soliqtaklif_bot — ishga tushirdi. Fuqarolar va tadbirkorlar bot orqali soliq majburiyatlarini bajarishda duch kelayotgan muammolari haqida xabar berishi va oʻzgartirishlar taklif qilishi mumkin.

Mumkin boʻlgan tashabbuslar qatorida inson omilini kamaytirish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalaridan kengroq foydalanish hamda soliq xizmatlarini takomillashtirish bor. Asoslangan va amaliy ahamiyatga ega takliflar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda inobatga olinishi vaʼda qilinmoqda.