Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Texnologiyalar

CrowdStrike AI hujumlari fonida Zscalerni $43,9 mlrdga sotib olmoqchi

CrowdStrike Zscalerni $43,9 mlrdlik, aksiyalar bilan toʻlanadigan bitim doirasida sotib olishni rejalashtirmoqda. Bitim 2028-moliya yilining ikkinchi yarmida yakunlanishi kutilmoqda.

25-noyabr, 10:13По-русски

Read in English

cnbc.com

Bitim kiberxavfsizlik sohasidagi ikki yirik biznesni birlashtirib, CrowdStrikeʼni tarmoq himoyasi bozoriga olib kiradi. Zscaler aksiyadorlari uning har bir aksiyasi uchun 1,135 ta CrowdStrike aksiyasini olishi kerak.

CrowdStrike kompaniyasida birlashgan platforma AIʼdan foydalanishni nazorat qilish va avtonom AI-agentlar asosidagi ilovalarni xavfsiz ishga tushirishga yordam beradi, deb hisoblashmoqda. CrowdStrike bosh direktori Jorj Kurts maqsad yagona kiberxavfsizlikni boshqarish tizimini yaratish ekanini aytdi.

Bu CrowdStrike tarixidagi eng yirik xarid boʻladi. Kompaniyalar AI qoʻllanadigan hujumlar koʻpayishi va soha konsolidatsiyasi fonida himoyani kuchaytirmoqda: JPMorgan tahlilchilariga koʻra, Zscaler CrowdStrike takliflarini kengaytirib, bozor yetakchisi Palo Alto Networks bilan tafovutni kamaytiradi. Eʼlon ortidan CrowdStrike aksiyalari qariyb 5 foizga arzonladi, Zscaler qimmatli qogʻozlari esa dastlabki savdolarda 20 foizdan koʻproqqa qimmatlashdi.