Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

ATP yakuniy turniri — 2026: 19 noyabr yakunlari

19 noyabr kuni Turin shahrida ATP yakuniy turnirining guruh bosqichidan navbatdagi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Bu kuni Jon Makkinroy guruhidagi tennischilar kortga chiqdi va ikkala bahs ham ikki setda yakunlandi.

20-noyabr, 11:11По-русски

Read in English

championat.com

Turnirning uchinchi raqam ostida saralangan ishtirokchisi, AQSH vakili Ben Shelton Ispaniya tennischisi Rafael Khodarni (8-raqamli saralangan) magʻlub etdi. Har ikki set murosasiz kechdi: amerikalik birinchi setda tay-brekda 10:8 hisobida, ikkinchi setda esa 7:5 hisobida gʻalaba qozondi.

Turnirning birinchi raketkasi Aleksandr Zverev ham gʻalaba qozondi, biroq bu uchrashuv unga koʻp kuch sarflashni talab qildi. Oltinchi raqam ostida saralangan fransiyalik Artur Fis nemis tennischisiga birinchi setni 4:6 hisobida boy berdi, ikkinchi setda esa tay-brekgacha yetib bordi va unda 6:8 hisobida yutqazdi.

ATP yakuniy turniri — 2026. Turin, Italiya. Guruh bosqichi, 19 noyabr:

Ben Shelton (AQSH, 3) — Rafael Khodar (Ispaniya, 8) — 7:6 (10:8), 7:5 Aleksandr Zverev (Germaniya, 1) — Artur Fis (Fransiya, 6) — 6:4, 7:6 (8:6)

Turnir 15 noyabrdan 22 noyabrgacha davom etadi. Oʻtgan yilgi gʻolib Yannik Sinner bu safar Turinga kelmadi: italiyalik mavsumni muddatidan oldin yakunladi. Ivan Lendl guruhiga Daniil Medvedev, Karlos Alkaras, Frensis Tiafo va Flavio Kobolli kiritilgan. Jon Makkinroy guruhida Zverev, Khodar, Shelton va Fis oʻynaydi.