Jorj Rassell Las-Vegas Gran-prisining ikkinchi mashgʻulotida eng tez boʻldi
Mercedes haydovchisi Jorj Rassell Las-Vegas Gran-prisining ikkinchi erkin mashgʻulotida 1:47.272 natija bilan eng yaxshi vaqtni qayd etdi.

Las-Vegas Gran-prisining ikkinchi erkin mashgʻulotida Rassell Alpine haydovchisi Per Gaslidan 0,071 soniya oʻzib ketdi. Fransiyalik haydovchi eng yaxshi natijasini katakli bayroq koʻringanidan keyin qayd etdi.
Ferrari haydovchisi Sharl Lekler uchinchi boʻldi va peshqadamdan 0,333 soniya ortda qoldi. Kuchli beshlikdan besh xil jamoa vakillari joy oldi: Red Bull haydovchisi Isak Hadjar toʻrtinchi, McLaren piloti Oskar Piastri esa beshinchi boʻldi.
Sessiya yomgʻir ostida oʻtdi, shu sababli pilotlar yomgʻir uchun moʻljallangan va oraliq shinalardan foydalandi. Maks Verstappen 13-oʻrinni egalladi, Cadillac vakili Serxio Peres esa 14-boʻldi. Peresning Rasselldan ortda qolishi 3,159 soniyani tashkil etdi.



