«Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» premyera dam olish kunlarida 100 mln dollardan oshishi mumkin
Film Shimoliy Amerikadagi 3 900 ta kinoteatrda namoyish etila boshlandi. Lionsgate premyera tushumlari kamida 80 mln dollar boʻlishini kutmoqda, manbalar esa 100 mln dollardan oshib, 130 mln dollargacha yetishini prognoz qilmoqda.

Lionsgate franshizaning yangi filmi kuchli natija bilan boshlanishiga umid qilmoqda. Kartinaning ishlab chiqarish budjeti taxminan 150 mln dollarga baholanmoqda.
«Hosil tongi» filmini Frensis Lourens Syuzanna Kollinz romanining prequel asari asosida suratga oldi. Bosh qahramon Xeymitch Abernetini Jozef Zada ijro etdi; avvalgi filmlarda bu obrazni Vudi Xarrelson gavdalantirgan. Aktyorlar tarkibidan Makkenna Greys, Uitni Pik, Jessi Plemons, Reyf Fayns, Glenn Klouz, Elle Fanning va Kiran Kalkin ham joy olgan.
Voqealar Panemda 50-Ochlik oʻyinlari ishtirokchilarini qurʼa bilan tanlash paytida kechadi. Film premyera tushumlari boʻyicha 2023 yilda chiqqan «Ochlik oʻyinlari: Sayroqi qushlar va ilonlar balladasi» prequelidan ancha oʻzib ketishi kutilmoqda.
Analitik Pol Dergarabedyan Grand Theft Auto VI oʻyinining chiqarilishi tomoshabinlarning bir qismini uyda olib qolishi mumkin, deb hisoblaydi. Biroq bu filmning kassasiga sezilarli taʼsir koʻrsatmasligi kerak: ikkala premyera muxlislarida ham filmni koʻrish va oʻyin oʻynashga ulgurish uchun butun bir dam olish kunlari boʻladi.
Yana oʻqing

BC Architects mahalliy va qayta ishlangan materiallarga asoslangan arxitekturani rivojlantirmoqda
Madaniyat11:24
«Sumerki» rejissyori Pattinson Bond haqidagi replikaga qanday ilhom berganini aytdi
Madaniyat11:03
