Oʻzbekistonda naqd pul bilan ishlashning yangi qoidalari tasdiqlandi
Oʻzbekistonda banklarning naqd pul bilan ishlash tartibi tasdiqlandi. Unda mijozlarga pul berish, banklararo ayirboshlash hamda banknota va tangalar chiqarilishi tartibga solinadi.

Yoʻriqnoma Adliya vazirligida 2026-yil 17-noyabrda 3977-son bilan roʻyxatdan oʻtkazildi. Banklar ortiqcha naqd pulni elektron platforma orqali taqsimlaydi: ayrim tashkilotlar pulni taklifga chiqarishi, boshqalari esa ariza berishi mumkin. Banklar oʻrtasida mablagʻlarni inkassatsiya xizmatlari tashiydi.
Banklar naqd pul tushumi va berilishining oylik prognozini oy boshlanishidan kamida uch bank ish kuni oldin elektron shaklda yuborishi kerak. Kredit tashkilotlari mijozlarning birinchi talabiga koʻra, ularning hisobvaraqlaridagi mablagʻlar doirasida pul berishi hamda muomaladagi banknota va tangalarni nominal qiymati boʻyicha qabul qilishi shart.
Banklar bankomatlardagi naqd pul aylanmasini ham kuzatib borishi va taqchillik kutilganda ularni oldindan toʻldirishi kerak. Markaziy bank va tijorat banklari bir nominaldagi banknota va tangalarni boshqa nominaldagi pul belgilariga bepul almashtiradi.
Yangi banknota va tangalar chiqarilishi haqida aholi kamida bir hafta oldin ogohlantirilishi kerak. Pul belgilarida nominal qiymat, Markaziy bank haqidagi maʼlumotlar, dizayn tasdiqlangan yil va himoya elementlari boʻladi. Yozuvlar lotin alifbosidagi oʻzbek tilida bajarilishi kerak.



