Defex Robotics Oʻzbekistondan Y Combinator dasturiga qabul qilingan uchinchi loyiha boʻldi
Oʻzbekistonlik Defex Robotics startapi Amerikaning Y Combinator akseleratoriga qabul qilindi va Oʻzbekistondan dasturga kirgan uchinchi loyiha boʻldi.

Defex Robotics yigʻishni avtomatlashtirish va mahsulot sifatini nazorat qilish uchun sanoat robotlarini ishlab chiqadi. Kompaniya asoschisi Xusan Mavlonov elektr ulagichlarini oʻrnatadigan, ulanishlar mustahkamligini tekshiradigan va sinov natijalarini avtomatik qayd etadigan yechimlarni yaratdi.
Avval Y Combinator dasturiga Oʻzbekistondan yana ikki startap — S26 mavsumida Speko va P26 mavsumida Twolabs qabul qilingan. Akseleratorda ishtirok etish Defex Roboticsʼga xalqaro texnologik kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida mahsulotini rivojlantirish imkonini beradi.



