Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Madaniyat

Robert Pattinsonga millionlab dollarlik ipoteka rasmiylashtirilgani maʼlum boʻldi

Aktyor Robert Pattinson 2022-yilda qiymati $5,3 mln boʻlgan uy uchun $3 mln kredit rasmiylashtirgan. U ipotekani 2052-yilgacha toʻlashi kerak.

21-noyabr, 15:54По-русски

Read in English

finance.mail.ru

Aktyor Robert Pattinson Hollywood Hillsdagi oʻz uyi uchun ipoteka olgan. Toʻlovlar tugaydigan paytda u 66 yoshga kirgan boʻladi.

Hozir Pattinson, uning unashtirilgan jufti Suki Waterhouse va qizi Beverly Hillsdagi ijaraga olingan hashamatli uyda yashaydi. Aktyorning ish jadvali sababli oila avvalroq Nyu-York, New Orleans va Londonning gʻarbiy qismida ham uy-joy ijaraga olgan.

Hashamatli uy ispan mustamlakachilik uygʻonishi uslubida qurilgan. Avval unga musiqachi Beck va «Gossip Girl» seriali yaratuvchisi egalik qilgan; hududni begona kishilardan tirik devor va darvoza himoya qiladi.