Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga ishchi tashrifi chogʻida tashkilotning yangi tayinlangan bosh kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. U shu yilning 11 noyabridan oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi.

Turkiyaga ishchi tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi tayinlangan bosh kotibi bilan uchrashdi. Azimov shu yilning 11 noyabridan oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi.
Tomonlar bosh kotibning ustuvor vazifalarini, shuningdek, Oʻzbekiston va tashkilot oʻrtasidagi hamkorlikning joriy holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, 2027 yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlik masalasi koʻrib chiqildi. Shavkat Mirziyoyev tadbirni yuqori tashkiliy va mazmuniy saviyada oʻtkazish muhimligini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida prezident Azimovni tayinlangani bilan tabriklab, unga tashkilot bosh kotibi lavozimidagi faoliyatida muvaffaqiyat va samarali ish tiladi.



