Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Oʻzbekistonda olimpiada gʻoliblariga 17 mlrd soʻm topshirildi

21 noyabrdagi marosimda oʻquvchilar va ularning ustozlariga 2025–2026 oʻquv yilidagi olimpiada yutuqlari uchun 17 mlrd soʻmlik mukofotlar berildi.

23-noyabr, 18:18По-русски

Read in English

21 noyabr kuni Oʻzbekistonda xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar hamda ularni tayyorlagan pedagoglar taqdirlandi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlumotiga koʻra, toʻlovlar belgilangan tartibda amalga oshirildi.

2026 yil yakunlariga koʻra, mamlakat oʻquvchilari 29 ta xalqaro olimpiadada qatnashib, 257 ta medalni qoʻlga kiritdi: 44 ta oltin, 93 ta kumush va 120 ta bronza. Eng koʻp medal Toshkent oʻquvchilari hisobida — 102 ta. Navoiy va Buxoro viloyatlari 23 tadan, Xorazm viloyati 16 ta, Namangan viloyati esa 15 ta medal oldi.

Xalqaro musobaqalarda qoʻlga kiritilgan medallar soni 2019 yildagi 29 tadan 2025 yilda 210 tagacha oshdi. 2020 yilda oʻquvchilar 26 ta, 2021 yilda 41 ta, 2022 yilda 45 ta, 2023 yilda 91 ta, 2024 yilda esa 128 ta medalni qoʻlga kiritgan.

2026 yilda Oʻzbekiston Qozogʻistonda oʻtkazilgan Sunʼiy intellekt boʻyicha xalqaro olimpiadada ilk bor qatnashdi. Oʻquvchilar u yerda bitta kumush va ikkita bronza medal oldi. Gretsiyada oʻtkazilgan Xalqaro Bolqon matematika olimpiadasida mamlakat vakillari beshta oltin medalni qoʻlga kiritdi.