«Bossni tasvirga oling!»: Kanselu Portugaliya gʻalabasidan soʻng sardorlik bogʻichini koʻrsatdi
Millatlar ligasida Portugaliya Uelsni yenggach, Fernandes sardorlik bogʻichini taqqan Kanseluni suratga olishni soʻradi. Ayrim muxlislar buni Ronaldu ustidan kulish deb bildi.

Voqea Portugaliya Uelsni 3:2 hisobida magʻlub etgan oʻyindan keyin yuz berdi. Uchrashuv oxirida Brunu Fernandes almashtirildi va sardorlik bogʻichini Joau Kanseluga berdi.
Yakuniy hushtakdan soʻng Fernandes operatordan kamerani Kanseluga qaratishni soʻradi. Joau jilmayib, bogʻichni koʻrsatdi va: «Bossni tasvirga oling!» — dedi.
Baʼzi muxlislar bu holatni terma jamoadagi futbolchilar oʻrtasidagi hazil deb qabul qildi. Boshqalar esa buni Krishtianu Ronalduga qilingan piching boʻlishi mumkin, deb taxmin qildi.
Voqea Ronaldu bilan xayrlashish va sobiq sardorni Daniya bilan 1:4 hisobida yakunlangan oʻyin oldidan sharaflash atrofidagi bahslardan bir necha kun oʻtib yuz berdi. Ronaldu marosimda qatnashmadi va oʻz sharafiga oʻtkazilgan tadbirga hech qanday munosabat bildirmadi.



