Vashingtonda Shavkat Mirziyoyev sovgʻa qilgan oʻzbek ayvonlari oʻrnatildi
Oʻzbekiston elchisi Furqat Sidikov Shavkat Mirziyoyev sovgʻa qilgan ayvonlar Vashingtondagi Uest-Potomak bogʻida oʻrnatilganini maʼlum qildi.
17-noyabr, 14:12По-русски

Ayvonlar Uest-Potomak bogʻi hududida oʻrnatildi. Sidikov AQSh prezidenti Donald Trampga sovgʻani Amerika xalqi nomidan qabul qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Marosim vaqtida park ustidan Trampning vertolyoti uchib oʻtdi. Elchi bu lahzani Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi doʻstlik hamda strategik sheriklik ramzi deb atadi.



