Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Ukraina oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar

Oʻzbekiston va Ukraina tashqi ishlar vazirlari Antaliyada savdoni kengaytirish va ishbilarmonlik aloqalarini, shuningdek, mintaqaviy hamda xalqaro masalalarni muhokama qildilar.

13-noyabr, 16:17По-русски

Read in English

Baxtiyor Saidov

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 12 noyabr kuni Antaliyada boʻlib oʻtgan COP31 iqlim konferensiyasi doirasida ukrainalik hamkasbi Andrey Sibiga bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasidagi muntazam aloqalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Ukraina TIV rahbari, shuningdek, Kiyevning Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan, jumladan, savdo va investitsiyalar sohalarida oʻzaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.