LeBron James Bron tikish ilovasi ishlab chiquvchilari bilan sudlashmoqda
Philadelphia forvardi LeBron James advokatlari orqali Bron ilovasini taqiqlash, daromadlarini musodara qilish va qiyofasidan foydalanganlik uchun tovon talab qilmoqda.

LeBron James Bron ilovasini ishga tushirgan Anish Gupta va Mark Zogbiga qarshi sudlashmoqda. Ilova sunʼiy intellekt yordamida tikishlarda koʻmaklashishga moʻljallangan.
Xizmatni targʻib qilish uchun biznesmenlar James NBA oʻyinlariga tikish boʻyicha maʼlumotlarni koʻrib chiqayotgani aks etgan video yaratishdi. Basketbolchining advokatlari ilovani taqiqlash, undan olingan mablagʻlarni musodara qilish va tovon toʻlashni, jumladan, basketbolchining qiyofasidan foydalanganlik uchun bozor stavkasidagi haqni talab qilmoqda.
James vakillari oʻyinchining NBA oʻyinlariga tikish haqidagi har qanday gapidan reklamaga foydalanib boʻlmasligini bildirdi. Ularning soʻzlariga koʻra, bu liga, basketbolchilar va muxlislar manfaatlarini jiddiy ravishda buzadi.



