Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Janubiy koreyalik Hana Bank Oʻzbekistonda vakolatxona tashkil etadi

Oʻzbekiston Markaziy banki Hana Bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan oʻtkazdi. U moliya bozorini oʻrganib, davlat organlari, moliya muassasalari va xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytiradi.

18-noyabr, 10:34По-русски

Read in English

Oʻzbekiston Markaziy banki Janubiy Koreyaning Hana Bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan oʻtkazdi.

Vakolatxona mamlakat moliya bozorini oʻrganish, davlat organlari, moliya muassasalari va xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytirish bilan shugʻullanadi.

Hana Bank bank, investitsiya va sugʻurta kompaniyalarini birlashtirgan Janubiy Koreyaning Hana Financial Group tarkibiga kiradi. 2015-yil 1-sentabrda bank Korea Exchange Bank bilan birlashgan. Hana Bank Koreya Respublikasining eng yirik tijorat banklaridan biri boʻlib, 27 mamlakatda faoliyat yuritadi.

Avvalroq Markaziy bank Fransiyaning Societe Generale banki vakolatxonasini akkreditatsiyadan oʻtkazgan edi.