Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda ish haqini istalgan bank kartasiga olish mumkin boʻladi

Oʻzbekiston Markaziy banki ish haqi, mukofot va boshqa toʻlovlarni xodim tanlagan bankdagi karta yoki elektron hamyonga olish imkonini beruvchi tizim joriy etilishini maʼlum qildi.

18-noyabr, 16:13По-русски

Read in English

cbu.uz

Avval xizmat xususiy tashkilotlar va ularning xodimlari uchun ochiq boʻladi. Uni budjet sektoriga ham yoyish rejalashtirilgan, biroq regulyator muddatlarni aytmadi.

Xodimga roʻyxatdan oʻtish yoki maxsus hisobvaraq kerak boʻlmaydi: buxgalteriyaga oʻz kartasi yoki elektron hamyoni rekvizitlarini berish kifoya. Toʻlov oluvchi ushbu vositaning egasi boʻlishi kerak.

Ish beruvchi maʼlumotlarni yagona elektron reyestrga kiritib, bankiga yuboradi. Bank hujjatni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, Markaziy bankning Mablagʻlarni taqsimlash markaziga joʻnatadi. Tizim rekvizitlar va oluvchilar maʼlumotlarini tekshiradi, soʻng toʻlovlarni tanlangan banklar oʻrtasida taqsimlaydi. Xatolar boʻlsa, reyestr tuzatish uchun qaytariladi.

Keyin xodim ish beruvchiga yangi maʼlumotlarni berib, bank yoki rekvizitlarini oʻzgartirishi mumkin. Kompaniyalar turli banklar xodimlariga toʻlovlarni ish haqi loyihalari boʻyicha alohida shartnomalarsiz, yagona reyestr orqali amalga oshira oladi. Regulyator raqobat kuchayishini kutmoqda, ammo qaysi banklar ulanganini, tizimdan nechta tashkilot foydalanayotganini va komissiyalar boʻladimi-yoʻqmi maʼlum qilmadi.