Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda sugʻurta mukofotlari 9 oyda 27,3 foizga oshdi

2026 yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekiston sugʻurta bozori 12,5 trln soʻmlik mukofot yigʻdi — yillik oʻsish 27,3 foizni tashkil etdi.

13-noyabr, 19:01По-русски

Read in English

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi maʼlumotlariga koʻra, shu davrda sugʻurta toʻlovlari 68,3 foizga oshib, 3 219,6 mlrd soʻmga yetdi. Toʻlovlarning asosiy qismi umumiy sugʻurtaga, qolgan qismi esa hayotni sugʻurtalashga toʻgʻri keldi.

Shuningdek, sugʻurtalovchilarning ustav kapitali va tuzilgan shartnomalar soni oshdi. Agentlik bozorning asosiy koʻrsatkichlarida ijobiy dinamika qayd etilganini taʼkidladi.

Oʻzbekistonda litsenziyaga ega 36 ta sugʻurta tashkiloti faoliyat yuritadi. Ular orasida umumiy sugʻurta va hayotni sugʻurtalash kompaniyalari, shuningdek, alohida qayta sugʻurtalovchi tashkilot bor.