Joan Laporta: bu mavsum «Barselona»niki boʻlishi kerak
«Barselona» prezidenti Joan Laporta joriy mavsum klub uchun muvaffaqiyatli kechishi kerakligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, jamoa maqsadlariga eʼtibor qaratgan.
24-noyabr, 09:43По-русски

championat.com
Laporta Nyu-Yorkka Yohan Kruiff xotirasiga bagʻishlangan uchinchi tadbir uchun qilgan safarida «Barselona» muvaffaqiyatiga murabbiylar shtabi, fizioterapevtlar va futbolchilar ishonayotganini taʼkidladi.
Prezidentning aytishicha, jamoa tarkibi har yili kuchayib bordi. Bu mavsum esa raqobatni oshirgan futbolchilar tarkibga qaytdi. Bundan tashqari, «Barselona»da ikki yoki uch pozitsiyada oʻynay oladigan futbolchilar bor.



