Oʻzbekiston terma jamoasi oʻq otish boʻyicha jahon chempionatida ilk bor medal oldi
Oʻzbekiston jamoasi Dohadagi jahon chempionatida 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha erkaklar jamoaviy bahsida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
6-noyabr, 16:54По-русски

Dohada oʻtkazilayotgan oʻq otish boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionati shohsupasiga koʻtarildi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Finalda Vladimir Svechnikov, Sodiqjon Abdullayev va Muxammad Kamolov qatnashdi. Oʻzbekiston jamoasi 1738 ochko toʻplab, uchinchi oʻrinni egalladi.
Janubiy Koreya terma jamoasida ham shuncha ochko boʻldi, biroq qoʻshimcha koʻrsatkichlar hisobiga kumush medal koreyalik merganlarga nasib etdi. 1755 ochko toʻplagan Xitoy jamoasi gʻalaba qozondi.



