Tokenlar maʼlumotlar markazlari qurilishidan tezroq sarflanmoqda
Google oylik token qayta ishlash hajmini ikki yilda 9,7 trln dan 3,2 kvadrilliondan oshirdi. Hisoblash quvvatiga talab infratuzilmadan tezroq oʻsmoqda.

Isteʼmolning oʻsishi faqat foydalanuvchilar soni bilan bogʻliq emas. Mulohaza yurituvchi modellar uzunroq fikrlash zanjirlarini yaratadi, sunʼiy intellekt agentlari esa, masalan, kodni oʻqish va tuzatishda modelga ketma-ket koʻplab murojaatlar yuboradi. Hisoblash xarajatlarining arzonlashuvi ilgari yuqori narx sabab ishga tushirilmagan vazifalarni ham bajarish imkonini bermoqda.
Shunga oʻxshash tendensiyalar Microsoft, OpenAI va Amazonda ham kuzatilmoqda, biroq kompaniyalar tokenlarni turlicha hisoblaydi: Google mahsulotlarni, OpenAI Developer API trafigini, Amazon esa Bedrock xizmatining ishini hisobga oladi. Shu sababli mutlaq koʻrsatkichlarni bevosita taqqoslab boʻlmaydi.
Bitta token narxining pasayishi umumiy hisobni kamaytirmaydi: kuchliroq modellar uzunroq fikrlashni talab qiladi, agentlar esa soʻrovlar sonini oshiradi. Yirik texnologik kompaniyalar kapital xarajatlarini koʻpaytirmoqda, ammo maʼlumotlar markazlarini qurish, ularni elektr tarmoqlariga ulash va uskunalar yetkazib berishda kechikishlarga duch kelmoqda.
Alphabet yil uchun kapital xarajatlar prognozini 195–205 mlrd dollargacha oshirdi. Biroq mablagʻlar mavjud boʻlishiga qaramay, kompaniya hisoblash quvvatlari taqchilligi sharoitida ishlashda davom etmoqda. Kompaniya mijozlar talabi taklifdan yuqori ekanini taʼkidlamoqda.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Boris Titov BRM kun tartibiga SI, kosmos va madaniyatni qoʻshishni taklif qildi
Texnologiyalar10:49
