Vens 2028-yilda AQSh prezidenti lavozimi uchun kurashishiga shubha qilmoqda
AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens 2028-yilgi saylovda nomzodini qoʻymaslik haqida jiddiy oʻylamoqda, garchi uning tarafdorlari saylovda ishtirok etishi ehtimoli yuqori deb hisoblasalar ham.

AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens prezidentlik lavozimi uchun kurashish yoki kurashmaslik haqida hali bir qarorga kelmagan. U bilan siyosiy rejalarini muhokama qilgan kishilarning aytishicha, Vens Donald Tramp tomonidan tuzilgan «Amerikani yana buyuk qilamiz» harakatiga (MAGA) boshchilik qilishi kerakligiga shubha qilmoqda.
Shu bilan birga, Vens MAGAga sodiqligicha qolmoqda. Bu harakat 2024-yilgi saylovlarda respublikachilarning gʻalabasiga sabab boʻlgan omillardan biriga aylandi. Vitse-prezident maslahatchisining fikricha, Vens hali yosh va hozirgi sharoit noqulay boʻlsa, prezidentlik kampaniyasi masalasiga keyinroq qaytishi mumkin.
Vensning ayrim tarafdorlari uni Respublikachilar partiyasidan nomzod boʻlish uchun asosiy daʼvogarlardan biriga aylanishi mumkin deb hisoblaydi. Avvalroq AQSh OAV Vens va davlat kotibi Marko Rubioni ehtimoliy nomzodlar sifatida tilga olgan.
May oyida Tramp ularni ideal siyosiy juftlik deb atagan, noyabrda esa voris masalasini maslahatchilari bilan hali muhokama qilmaganini aytgan.



