Usmon Nurmagomedov menejeri Dvalishvili bilan mushtlashuvdan keyingi kelajak haqida gapirdi
Menejer Ali Abdel-Aziz voqea Usmon Nurmagomedov faoliyatiga taʼsir qilishini aytdi, ammo hozir jangchining sogʻligʻi va tiklanishidan koʻproq xavotirda.

11 noyabr kuni Abu-Dabidagi mehmonxonalardan birida magʻlubiyatsiz, yengil vazn toifasidagi PFL chempioni Usmon Nurmagomedov va uning jamoasi UFCning sobiq chempioni Merab Dvalishvili bilan mushtlashib qoldi.
Abdel-Aziz Nurmagomedovni dunyoning eng yaxshi jangchilaridan biri deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, bu voqea sportchi mashq qiladigan zalga ega Habibga ham, butun jamoaga ham taʼsir qiladi.
Shu bilan birga, menejer bu hodisa Nurmagomedovning jangchilik faoliyatini xavf ostiga qoʻyadi, deb hisoblamaydi. Uning aytishicha, xavotirning asosiy sababi sportchining sogʻligʻi va mushtlashuvdan keyingi tiklanishidir.



