Sinnerga operatsiya xavfi: tizzani konservativ davolash samara bermadi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner tizzasidagi jarohat boʻyicha mutaxassislar bilan maslahatlashish uchun AQShga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Italiyaning Vanity Fair Italy nashri yozadi.

Jurnal maʼlumotlariga koʻra, konservativ davolash «Katta dubulgʻa» turnirlarining besh karra gʻolibi kutgan natijani hozircha bermadi. Italiyalik tennischi kortga qaytmadi: u hozirgacha toʻlaqonli mashgʻulotlarni qayta boshlamadi.
Sinner jamoasida hozircha operatsiya masalasi muhokama qilinmagan. Biroq oʻrta muddatli istiqbolda bunday ehtimol ham istisno etilmayapti: agar tizzadagi ogʻriq yoʻqolmasa va davolash baribir samara bermasa, jarrohlar yordamisiz iloj boʻlmasligi mumkin.
2026-yilgi Uimbldon gʻalabasidan keyin Sinner birorta ham ATP turnirida oʻynamadi.



