Lamborghini Temerario Spyder tomini rasman ochdi
Lamborghini marka tarixidagi ilk bukiladigan qattiq tomli Temerario Spyderʼni taqdim etdi. AQShda sotuvlar 2027 yil II choragida boshlanadi.

Ochiq versiyada kupedagi tarmoqqa ulanadigan gibrid kuch qurilmasi va toʻliq uzatma saqlab qolingan. U 4,0 litrli, ikki turbokompressorli V8 benzin dvigateli, uchta elektromotor va sakkiz pogʻonali robotlashtirilgan uzatmalar qutisidan iborat. Umumiy quvvat 907 ot kuchiga yetadi, 60 mil/soatgacha tezlashish esa 2,7 soniyadan kam vaqt oladi.
Dvigatel 10 000 ayl/min gacha, ishga tushirish tizimi faollashtirilganda esa 10 250 ayl/min gacha aylanadi. Qattiq tom avtomobilning aerodinamik profilini saqlagan holda yigʻiladi. Deflektorlar havo oqimini orqa spoyler tomon yoʻnaltirib, salondagi turbulentligini kamaytiradi. Haydovchi va yoʻlovchi oʻrindiqlarida boʻyin isitkichlari mavjud.
Muhandislar qoʻshimcha massa va vazn taqsimotini hisobga olib, osma sozlamalarini oʻzgartirdi va kuzovni mustahkamladi. Buralishdagi qattiqlik Huracán EVO Spyderʼga nisbatan 6 foizga oshdi. AQShda Temerario Spyder narxi yetkazib berish va tariflarsiz $390 900 dan boshlanadi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Boris Titov BRM kun tartibiga SI, kosmos va madaniyatni qoʻshishni taklif qildi
Texnologiyalar10:49
