SI mavjud boʻlmagan yoʻl harakati qoidasi bandini oʻylab topishi mumkin: neyron tarmoq yordamida imtihonga qanday tayyorlanish kerak
Runet tahliliy nashrining bosh muharriri Vladimir Zykov SI xato qilishi, turli mamlakatlar qoidalarini aralashtirib yuborishi va mavjud boʻlmagan yoʻl harakati qoidasi bandiga havola qilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Zykovning fikricha, yoʻl harakati qoidalari boʻyicha imtihonga tayyorlanishda neyron tarmoqqa toʻliq tayanib boʻlmaydi. SI notoʻgʻri javobni ishonarli tarzda tushuntirib berishi mumkin. Natijada oʻquvchi xatoni yodlab olib, uni amaldagi qoida deb qabul qiladi.
Buning sabablaridan biri — muhim farqlar mavjud boʻlsa-da, turli mamlakatlardagi yoʻl harakati qoidalarining oʻxshashligidir. AQShning ayrim shtatlarida toʻliq toʻxtagandan soʻng, agar bunday manyovr alohida taqiqlanmagan boʻlsa, qizil chiroqda oʻngga burilishga ruxsat beriladi. Oʻzbekistonda esa ruxsat beruvchi signal boʻlmasa, bunday burilish taqiqlangan. Xorijiy materiallar asosida oʻqitilgan neyron tarmoqdan faqat Rossiya yoʻl harakati qoidalaridan foydalanish soʻralganidan keyin ham u turli davlatlar meʼyorlarini adashtirib yuborishi mumkin.
Bundan tashqari, qoidalar vaqti-vaqti bilan yangilanadi, SI esa eskirgan maʼlumotlarga tayanishi mumkin. Neyron tarmoq qoidalarda mavjud boʻlmagan bandni oʻylab topishi, amaldagi meʼyorni xato bayon qilishi yoki mavjud boʻlmagan bandning aniq raqamini aytishi ham mumkin. Bu javob goʻyoki rasmiy hujjat bilan tasdiqlangandek taassurot uygʻotadi.
Tayyorlanish uchun ekspert amaldagi imtihon biletlaridan foydalanishni tavsiya qiladi. Uning soʻzlariga koʻra, neyron tarmoq qoʻshimcha vosita boʻlishi mumkin: undan murakkab savolni sodda soʻzlar bilan tushuntirishni, vaziyatni tahlil qilishni yoki misollar keltirishni soʻrash mumkin.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Boris Titov BRM kun tartibiga SI, kosmos va madaniyatni qoʻshishni taklif qildi
Texnologiyalar10:49
