Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Siyosat

«Koʻp narsaga erishish imkoniyati bor». Tramp KXDR rahbari bilan Xitoyda uchrashishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin kunlarda Xitoyda KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashishi mumkinligini bildirdi. 19-noyabrga Vladimir Putin va Si Szinpin bilan muzokaralari rejalashtirilgan.

17-noyabr, 15:39По-русски

Read in English

ru.euronews.com

AQShdan uchib ketishidan oldin Tramp Oq uy oldida jurnalistlarga Xitoyda Kim Chen In bilan uchrashishi mumkinligini aytdi. Prezident bunday uchrashuvning aniq sanasini maʼlum qilmadi.

Avval u Filippinga boradi va u yerga mahalliy vaqt bilan seshanba kuni kechqurun yetib kelishi kerak. Shundan soʻng Tramp Xitoyga yoʻl oladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar 19-noyabr kuni mamlakat janubidagi Shenchjen shahrida, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida boʻlib oʻtadi.

Uch tomonlama uchrashuvning asosiy mavzusi yadroviy qurolsizlanish boʻladi. Tramp yadrosizlantirishni murakkab masala deb atadi va tomonlar Eron hamda Ukraina atrofidagi mojarolarni, shuningdek, iqtisodiyot va savdoni muhokama qilishini qoʻshimcha qildi.

Avgust oyida AQSh prezidenti Kim Chen In bilan munosabatlarini ijobiy baholagan va yil oxirigacha uchrashuv boʻlishi mumkinligini aytgan edi. Oʻshanda u KXDR rahbarida 57 ta yadroviy kallak borligini bildirgan.

Sentabr oyida Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik bosh direktori Rafael Grossi KXDRda qurol darajasidagi yadro materiallari ishlab chiqarish kengaytirilayotgani haqidagi xabarlarni jiddiy xavotirga sabab deb atadi.