Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

Oʻzbekiston futzal terma jamoasi Tojikistonni 3:0 hisobida magʻlub etdi

8 noyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiy Bahodir Ahmedov qoʻl ostidagi ilk oʻrtoqlik uchrashuvida gʻalaba qozondi.

9-noyabr, 13:53По-русски

Read in English

Федерация футзала Узбекистана

Jamoaning Bahodir Ahmedov boshchiligidagi debyut oʻyini Tojikiston ustidan 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlandi. Uchrashuv Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar markazi zalida tomoshabinlarsiz oʻtkazildi: tomonlar yopiq formatni oldindan kelishib olgan.

Uchinchi daqiqada Behruz Samiyev hisobni ochdi. Tanaffusgacha Quvonchbek Jaxonov farqni oshirdi, 40-daqiqada esa Samiyev yana gol urib, dublini rasmiylashtirdi.

Oʻzbekistonning boshlangʻich beshligida Jasur Rizbonov, Ilhom Hamroyev, Behruz Samiyev, Husniddin Nishonov va Davron Choriyev maydonga tushdi. Uchrashuvni Qirgʻiz Respublikasi vakillari Timurbek Tuxtabayev va Nurbek Arstanbay uulu boshqardi.