Donald Trampning boyligi 6,5 mlrd dollardan oshdi, biroq u boyligini deyarli kuzatmasligini aytdi
Donald Tramp Forbes nashri uning kapitali oʻtgan yil davomida sezilarli darajada oshgani haqida yozganidan soʻng, boyligiga deyarli qiziqmasligini aytdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 9 noyabr kuni Ross Dautat bilan 60 Minutes dasturiga bergan intervyusida oʻz boyligi va investitsiyalari haqida gapirdi. Bunga Forbes maqolasi sabab boʻldi: nashr bahosiga koʻra, Trampning boyligi 2024-yildagi 2,3 mlrd dollardan 2025-yilda 5 mlrd dollardan oshgan. Bu uning ikkinchi muddatga Oq uyga qaytganidan keyin yuz bergan.
Hozir Forbes Trampning boyligini 6,5 mlrd dollarga baholamoqda. Nashr kapitalning oʻsishini, jumladan, kriptovalyutalarga kiritilgan investitsiyalar va avval amalga oshirilgan koʻchmas mulk investitsiyalari bilan bogʻlaydi. Prezidentdan boyligining oshgani haqida soʻrashganda, u koʻpchilikning boyligi oshganini aytdi, keyin esa shunday qoʻshimcha qildi: «Men boyligimga deyarli eʼtibor bermayman. Menga baribir».
Tramp, shuningdek, oilaning moliyaviy ishlarini oʻgʻli kuzatib borishini, biroq buning uchun maosh olmasligini aytdi. Prezidentning soʻzlariga koʻra, uning oʻgʻillari kompaniyani boshqaradi va binolar qurish bilan shugʻullanishda davom etmoqda. Trampning oʻzi esa koʻp yillar koʻchmas mulk sohasida ishlaganini va bundan katta summa ishlab topganini taʼkidladi.



