Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Texnologiyalar

Qora chiziqlarsiz: iPhone Duo uchun 200 000 dan ortiq ilova moslashtirildi

Apple katta vitse-prezidenti Greg Josviakning aytishicha, App Storeʼda buklanadigan iPhone Duo uchun 200 000 dan ortiq ilova mavjud. 10 kunda ular soni ikki baravar oshdi.

18-noyabr, 10:42По-русски

Read in English

ixbt.com

App Storeʼda ushbu ilovalar uchun maxsus “Made for iPhone Duo” belgisi qoʻshildi. U smartfonning keng ichki ekrani uchun moʻljallangan ilovalarni topishga yordam beradi.

6 noyabr kuni kompaniya 100 000 ta moslashtirilgan ilova borligini maʼlum qilgandi. iPhone Duo chiqarilganidan keyin qurilmaga bildirilgan eʼtirozlardan biri katta displey va oʻzgargan iOS interfeysi uchun ilovalar yetishmasligi boʻldi.

Buklanadigan smartfon 7,6 dyuymli ichki ekran va 5,4 dyuymli tashqi displeyga ega. Tomonlar nisbatining noodatiyligi sabab kompaniya operatsion tizimning ayrim elementlarini qayta ishlab chiqishiga toʻgʻri keldi. Ishlab chiquvchilar uchun iOS 27.3 beta-versiyasida qurilmani yuz orqali qulfdan chiqarish funksiyasi ham paydo boʻldi.