Samsung mobil boʻlinmasida bir necha yil ichida ilk bor rahbar almashdi
Samsung Chve Von Junni MX mobil boʻlinmasi rahbari etib tayinlab, Ti Em Roni almashtirdi. U 2025-yil martidan beri boʻlinmaning operatsion direktori edi.
20-noyabr, 15:07По-русски

gadgets.beebom.com
Chve Von Jun Galaxy S26 va Galaxy Z Fold 8’ni bozorga chiqarishni nazorat qildi, shuningdek, qurilmalar taqdimotlari va matbuot bilan yopiq uchrashuvlarda qatnashdi. Samsung uning Galaxy turkumini ishlab chiqishdagi tajribasi buklanadigan smartfonlar, qurilma ichidagi sunʼiy intellekt va taqiladigan elektronika yoʻnalishlarini rivojlantirishga yordam beradi, deb kutmoqda.
Ti Em Ro kompaniyani tark etmaydi, biroq endi mobil boʻlinmaga rahbarlik qilmaydi. U Chon Yon Hyon bilan birga Samsungning ikki bosh direktoridan biri lavozimini saqlab qoladi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Boris Titov BRM kun tartibiga SI, kosmos va madaniyatni qoʻshishni taklif qildi
Texnologiyalar10:49
