Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Texnologiyalar

«Skolkovo» 2028 yilgacha Toshkentda sunʼiy intellekt markazini ochishni rejalashtirmoqda

«Skolkovo» jamgʻarmasi boshqaruvchi direktori Timur Kornilov Toshkentdagi sunʼiy intellekt markazining yoʻl xaritasi tasdiqlanganini, uni 2027–2028 yillarda ochish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.

13-noyabr, 16:46По-русски

Read in English

Kornilov FINOBOD forumida sentabr oyida jamgʻarma Taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan bitim imzolaganini aytdi. Tasdiqlangan yoʻl xaritasi Toshkentda markazni ochishga tayyorgarlik koʻrishga oʻtish imkonini beradi.

Avvalgi tashabbus Oʻzbekistonda «Skolkovo» filialini, sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyot boʻyicha ekspertlar kengashini, shuningdek, hamkorlikdagi pilot loyihalar portfelini yaratishni oʻz ichiga olgan edi. Kornilov ishlarning natijalari haqida moderator savol berganidan soʻng ishga tushirish muddatlariga aniqlik kiritdi.

Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi, sanoat, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda sunʼiy intellektdan foydalanishga oid 60 dan ortiq loyiha roʻyxati tasdiqlangan. Kornilov talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar qatorida agrotexnologiyalar, sanoat va energetikani raqamlashtirish, aqlli shahar uchun yechimlar, kiberxavfsizlik hamda taʼlim texnologiyalarini ham sanab oʻtdi.

Kornilovning soʻzlariga koʻra, mamlakatda «Skolkovo»ning 3,5 ming rezidentidan qariyb 70 nafari faoliyat yuritmoqda. U bu koʻrsatkichni kichik deb atadi va jamgʻarma uni oshirish ustida ishlashini maʼlum qildi. «Skolkovo»ning oʻzida sunʼiy intellekt markazi faoliyat yuritadi, jamgʻarma esa texnologiyalardan xavfsiz foydalanish va ularni biznesda qoʻllash boʻyicha dasturlarni rivojlantirmoqda.