Latin Grammy 2026 ning barcha asosiy nominatsiyalarida gʻoliblar eʼlon qilindi
Xonanda Rosaliya yil albomi uchun Latin Grammy mukofotini uchinchi marta qoʻlga kiritdi. Taqdirlash marosimi Las-Vegasda boʻlib oʻtdi, mukofotlar esa ham tan olingan ijodkorlarga, ham debyutantlarga nasib etdi.

Rosaliya LUX albomi bilan asosiy nominatsiyada gʻolib boʻldi. U, shuningdek, eng yaxshi pop qoʻshigʻi, eng yaxshi alternativ albom va ovoz rejissyorlari ishi uchun ham mukofot oldi. Yil qoʻshigʻi deb Rosaliya Yahritza y Su Esencia bilan birga yozgan La Perla qoʻshigʻi topildi.
Hakamlar hayʼati argentinalik ijrochi Milo Xotaning Niño nomli yozuvini yil yozuvi deb topdi. U, shuningdek, La Vida Es Más Corta albomi uchun eng yaxshi folklor albomi, eng yaxshi urban yoki urban-fyujn ijrosi va yozuvning eng yaxshi bezagi nominatsiyalarida ham gʻolib boʻldi.
Kolumbiyalik xonanda Karol Ji eng yaxshi urban albom uchun mukofotni uchinchi marta oldi — bu safar Tropicoqueta albomi uchun. Braziliyalik Anitta 12 ta nominatsiyadan keyin ilk bor Latin Grammy sovrindoriga aylandi: u Equilibrivm albomi bilan portugal tilidagi zamonaviy pop musiqa nominatsiyasida gʻolib boʻldi.
Eng yaxshi yangi ijrochi deb kolumbiyalik xonanda Ariya Vega topildi. Argentinalik CA7RIEL & Paco Amoroso dueti uchta mukofotga sazovor boʻldi, jumladan elektron ijro, pop-rok qoʻshigʻi va toʻliq metrajli musiqiy video uchun berilgan sovrinlarni qoʻlga kiritdi.
Boshqa gʻoliblar qatorida Xorxe Dreksler, Xuanes, Fonseka, Xavi, Luis Enrike va Grupo Frontera ham bor. Venesuelalik qoʻshiq muallifi Sara Shell yil muallifi mukofotini oldi va boshqa nomzodlar qatori Edgar Barrerani ham ortda qoldirdi. Daddy Yankee Bizarrap bilan birga eng yaxshi urban qoʻshiq nominatsiyasida gʻolib boʻldi.
Marosimni Rozelin Sanches olib bordi. Shou Las-Vegasdan TelevisaUnivision platformalarida namoyish etildi. Tanlovga 2025-yil 1-iyundan 2026-yil 31-maygacha chiqarilgan yozuvlar kiritildi.
Yana oʻqing

BC Architects mahalliy va qayta ishlangan materiallarga asoslangan arxitekturani rivojlantirmoqda
Madaniyat11:24
«Sumerki» rejissyori Pattinson Bond haqidagi replikaga qanday ilhom berganini aytdi
Madaniyat11:03
