Surxondaryoda yuk mashinasidan hujjatlarda koʻrsatilmagan bir tonnadan ortiq prekursorlar topildi
«Sariosiyo» postida Qozogʻistondan kelgan yuk mashinasidan hujjatlarda koʻrsatilmagan 1 tonna 245,5 kg sirka angidridi topildi. Mashina Tojikistonga tranzit ketayotgan edi.
19-noyabr, 11:09По-русски

Prekursorlarni Surxondaryo viloyati DXX xodimlari chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari va bojxona organlari bilan hamkorlikda aniqladi. Volvo yuk mashinasini Qozogʻiston fuqarosi boshqargan.
Sirka angidridi 47 ta plastik idishda olib ketilayotgan boʻlgan. Bunday moddalarni faqat maxsus ruxsatnoma asosida tashish mumkin. Yuk mashinasi Qozogʻistondan chiqib, Oʻzbekiston orqali Tojikistonga yoʻl olgan.
«Sariosiyo» chegara bojxona postida tergovga qadar tekshiruv tadbirlari davom etmoqda.



