Oʻzbekiston H3C bilan temiryoʻl tarmoqlarini yangilashni muhokama qildi
«Oʻzbekiston temir yoʻllari» H3C bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va temiryoʻl transportida raqamli texnologiyalarni joriy etishni muhokama qildi.

Ishchi uchrashuvda H3C vitse-prezidenti Li An ishtirok etdi. Muzokaralarda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» va «Temiryoʻlinfratuzilma» xodimlari ham qatnashdi.
Tomonlar amaldagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish va maʼlumot uzatish tizimlarini yaxshilash masalalarini koʻrib chiqdi. Shuningdek, temiryoʻl transportidagi kommunikatsiyalarning ishonchliligi va uzluksizligi alohida muhokama qilindi.
Uchrashuv ishtirokchilari tarmoqlarning oʻtkazish qobiliyatini oshirish, axborot xavfsizligini kuchaytirish va H3C yechimlaridan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildi. Muzokaralar yakunida ular hamkorlikni davom ettirish hamda istiqbolli loyihalarni birgalikda oʻrganishga kelishib oldi.



