Cargolux Airlines Oʻzbekistonga yuk reyslariga ruxsat oldi
Lyuksemburgning Cargolux Airlines kompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam yuk reyslarini amalga oshirishga ruxsat oldi. B747F samolyotlari Navoiy aeroportiga qatnaydi.
17-noyabr, 13:52По-русски

Aviakompaniyaga ruxsatnomani «Uzaviatsiya» agentligi berdi. U Lyuksemburg va Oʻzbekiston oʻrtasidagi muntazam yuk tashuvlariga taalluqli.
Reyslar uchun kompaniya B747F samolyotlaridan foydalanadi. Bu Boeing 747 samolyotining yuk tashish versiyasi.
Cargolux Airlines International S.A. yuk tashuvlariga ixtisoslashgan. Uning bosh qarorgohi va bazaviy aeroporti Lyuksemburgda joylashgan.



