Mirra Andreyeva WTA yakuniy turniridagi gʻalabasi uchun Mercedes oldi
Rossiyalik tennischi Mirra Andreyeva WTA yakuniy turniridagi gʻalabasi uchun olgan Mercedes avtomobilini boshqardi. U finalda Elina Svitolinani magʻlub etdi.

Mirra Andreyeva final uchrashuvida ukrainalik tennischi Elina Svitolinani 7:5, 6:3 hisobida yengdi. Bu gʻalaba uchun rossiyalik sportchi yangi Mercedes oldi va allaqachon avtomobil ruliga oʻtirdi.
Guruh bosqichida ham Andreyeva Svitolinani 6:4, 6:0 hisobida magʻlub etgandi. 2026 yilgi mavsum yakunlariga koʻra, uning yakkalik bahslarida toʻrtta chempionlik unvoni bor: WTA yakuniy turniridan tashqari, u «Rolan Garros» hamda Adelaida va Linzdagi WTA 500 musobaqalarida gʻolib chiqdi. Yakuniy turnirdagi unvon uning faoliyatidagi yettinchisi boʻldi. Avvalroq turnir yakunlariga koʻra Andreyeva jahonning ikkinchi raketkasiga aylanishi haqida xabar berilgandi.



