Islomobodda IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-majlisi boʻlib oʻtdi
2026-yil 16-noyabr kuni Islomobodda IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-majlisi boʻlib oʻtdi. Unda 2035-yilgacha hamkorlik maqsadlari va Islomobod kommunikesi qabul qilindi.
17-noyabr, 16:55По-русски

Pokiston poytaxtida mintaqaviy savdo va iqtisodiy hamkorlik, transport aloqalarini rivojlantirish, investitsiyalar hamda ekologik barqarorlik masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmanov boshchilik qildi. Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035” hujjati va Islomobod kommunikesi qabul qilindi.



