Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Ochiq muloqot — muammolarga aniq yechim

12 noyabrdagi sayyor qabulda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga qonun talablari tushuntirilib, amaliy yordam koʻrsatildi. Oʻrganish talab etadigan masalalar nazoratga olindi.

13-noyabr, 10:34По-русски

Read in English

gov.uz

Qabul ishtirokchilari xizmat faoliyati, ijtimoiy-maishiy sharoitlar, huquqiy munosabatlar va oilaviy muammolar yuzasidan savollar berdi. Har bir murojaat muayyan vaziyatni hisobga olgan holda koʻrib chiqildi.

Koʻtarilgan masalalar boʻyicha mutaxassislar qonunchilik talablari hamda muammolarni hal etishning huquqiy asoslarini tushuntirdi. Masʼul shaxslarga belgilangan tartibda zarur choralarni koʻrish topshirildi.

Sayyor qabul shakli masalalarni bevosita joyida oʻrganish, shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkonini berdi.