Nvidia chip xaridorlarini Xitoyda AI chiplariga kirishning huquqiy xatarlaridan ogohlantirdi
Ikki manbaga koʻra, Nvidia ogohlantirdi: AQShda taklif etilgan Xitoy kompaniyalarining AI chiplariga masofaviy kirishi haqidagi qonun Nvidia va mijozlariga nisbatan huquqiy choralar keltirib chiqarishi mumkin.

Soʻnggi oylarda kompaniya chip xaridorlariga shunday ogohlantirishlar yubordi. Remote Access Security Act (RASA) AQSh hukumati vakolatlarini kengaytirib, bulut orqali masofaviy kirishni nazorat qilishni uskunalarni jismoniy yetkazib berish ustidan nazoratga tenglashtirishi mumkin.
Nvidia, shuningdek, Xitoy kompaniyalariga grafik protsessorlarining 50 foizidan koʻprogʻini uzatadigan mijozlarga hozircha chip sotmasligini bildirdi. AQSh regulyatorlarining mamlakat tashqarisida joylashtirilgan bulut xizmatlari orqali chiplarga masofaviy kirishni nazorat qilish imkoniyati hozircha cheklangan.
RASA yanvarda Vakillar palatasidan oʻtdi, ammo Senat hali maʼqullamadi. Dushanba kuni AQSh Savdo vazirligi huzuridagi Sanoat va xavfsizlik byurosi Xitoy kompaniyalarining AI chiplariga masofaviy kirishini cheklashga qaratilgan vaqtinchalik yakuniy qoidani eʼlon qildi.
Nvidia avgustdagi hisobotida eksport cheklovlariga qatʼiy rioya qilish niyatini bildirdi. Shu bilan birga, kompaniya sotuvdan keyin mahsulotning jismoniy ishlatilishini nazorat qilmasligini hamda mijozlar va hamkorlarning talablarga rioya etilishini taʼminlash dasturlariga bogʻliqligini qayd etdi.



