Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Texnologiyalar

Haydovchisiz uch tonna bagaj: aeroportlar uchun avtonom tyagach taqdim etildi

“Transport haftaligi 2026” forumida “Kognitiv Paylot” va Pulkovo aeroporti bagaj tashishga moʻljallangan haydovchisiz tyagachni taqdim etdi. U operatorsiz qariyb 3 tonna yuk tashiy oladi.

20-noyabr, 10:28По-русски

Read in English

ixbt.com

Tyagach Rossiyada ishlab chiqilgan, uni esa kompaniyaning Tomskdagi korxonasida ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Mashina bagaj aravalari bilan bagajni topshirib olish zonasi va samolyotlar turargohlari oʻrtasida avtonom tashish uchun moʻljallangan.

Loyiha ishtirokchilarining baholashicha, texnikani joriy etish Pulkovo aeroportida bagajni qayta ishlash jarayonini 23 foizga tezlashtirish imkonini beradi. Aeroport Rossiyada haydovchisiz texnika bevosita aerodromda sinovdan oʻtkazila boshlaydigan birinchi maydonga aylandi.

Sinovlar hukumat tomonidan uch yilga belgilangan eksperimental huquqiy rejim doirasida oʻtkazilmoqda. Rejim 2029-yilgacha amal qilishi koʻzda tutilgan. Istiqbolda hozir haydovchilar boshqarayotgan texnikalarning chorak qismigacha avtonom boshqaruvga oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Tyagach GPSsiz, jumladan radioelektron kurash vositalari yordamida sunʼiy yoʻldosh navigatsiyasi bostirilgan sharoitda ham ishlay oladi. Dastlabki seriyali namunalarni yaqin vaqt ichida bozorga chiqarish rejalashtirilgan.